platina.uz
Jamiyat

Samarqandda chiqindilarni qabul qilish narxi oshdi

Endilikda qattiq maishiy chiqindilarni poligonda qabul qilish narxi 1 tonna uchun 44 672 soʻmni tashkil etadi. 

Samarqandda chiqindilarni qabul qilish narxi oshdi

Samarqand viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi poligonida qabul qilish va saqlash narxlari oʻzgarmoqda.

Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi. Qaror 2025 yil 20 iyun kuni eʼlon qilindi.

Qaror ilovasiga koʻra, 1 metr kvadrat uchun chiqindilarni qabul qilish tarifi QQSsiz 16 433 soʻmni tashkil qiladi (QQS bilan 18 405 soʻm). 1 tonna uchun 39 886 soʻm (QQSsiz), QQS bilan 44 672 soʻmni tashkil etadi.

Qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.

Avvalroq Samarqand va Navoiy viloyatlarida chiqindi olib ketish tariflari oshgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid