platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi chegirma va aksiyalarni tartibga solmoqchi

Alkogol, pivo, vino va tamaki mahsulotlari boʻyicha chegirmalar oʻtkazish taqiqlanadi, narxni sunʼiy oshirib, keyin arzonlashtirilganini chegirma sifatida koʻrsatish esa mumkin boʻlmaydi. 

Raqobat qoʻmitasi chegirma va aksiyalarni tartibga solmoqchi

Raqobat qoʻmitasi savdoda aksiya va chegirmalarni tartibga soluvchi tashabbusni eʼlon qildi.

Jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan hujjat loyihasiga koʻra, alkogol, pivo, vino va tamaki mahsulotlari, shuningdek nikotin isteʼmoli uskunalari uchun chegirma va aksiyalar taqiqlanadi.

Sotuvchi avvalgi narxni koʻrsatgan taqdirdagina chegirma deb hisoblanadi. Avvalgi narx — oxirgi 30 kundagi eng past narx boʻlishi shart.

Chegirma narxning amal qilish muddati (boshlanish va tugash sanasi) aniq koʻrsatilishi, agar chegirma narx faqatgina muayyan sharoitlarda qoʻllanilsa, bu sharoitlar oldindan maʼlum qilinishi lozim.

Chegirmada koʻrsatilgan narx odatiy narx shriftidan kattaroq qilib yozilishi mumkin emas. Narxni sunʼiy oshirib, keyin arzonlashtirilganini chegirma sifatida koʻrsatish taqiqlanadi.

Aksiya va chegirmalar haqidagi maʼlumotlar tadbir boshlanishidan 10 kun oldin soliq organlariga taqdim etilishi shart.

Aksiya eʼlon qilishda shartlar, amal qilish muddati, tovar nomi va boshqa muhim maʼlumotlar isteʼmolchiga aniq va tushunarli qilib yetkazilishi lozim.

Aksiya boshlanganidan keyin shartlar oʻzgartirilmasligi, aksiyaga tushgan tovarlar yetarli zaxirada mavjud boʻlishi shart.

Chegirma aniq foiz yoki summada koʻrsatilishi kerak. Agar chegirma mavsumiy, yaroqlilik muddati tugayotgan, but boʻlmagan va qadoq shikastlangan yoki shunga oʻxshash holatlarda qoʻllansa, bu albatta koʻrsatilishi kerak.

Agar chegirmadan foydalanish uchun shaxsiy maʼlumot taqdim etish yoki roʻyxatdan oʻtish talab etilsa, sotuvchi shaxsiy maʼlumotlar qonunchiligiga rioya qilishi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadi va shartlari haqida xabardor qilishi shart.

Avvalroq Uzum market Yandeks sabab Raqobat qoʻmitasiga murojaat qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid