platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga borishi kutilmoqda

Tashrifning aniq sanasi hozircha maʼlum emas. 

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga borishi kutilmoqda

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Hukumatlararo komissiya hamraisi Laziz Qudratovning 20 iyun kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvida maʼlum qilingan.

Vazir Oʻzbekiston Prezidenti hukumatga Ozarbayjonga ushbu tashrifni aniq va amaliy mazmun bilan boyitish boʻyicha topshiriq berganini taʼkidladi, deyiladi xabarda.

Tashrifning aniq sanasi hozircha maʼlum emas.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Belarusga borishi maʼlum boʻlgandi. 26-27 iyun kunlari Minskda YeOII forumi boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid