Eldor Shomurodov. 3-taym, 5-son
Bu sonda surxon yigitining futboldagi sayohati, shaxsiy hayoti va qancha daromad topishi haqida soʻz boradi.

Bir paytlar Jarqoʻrgʻonning jazirama va chang koʻchalarida, ariqlar va chinorlar orasida futbol oʻynab katta boʻlgan Eldor Shomurodovning nomi bugun dunyoning yirik futbol musobaqalarida bot-bot yangramoqda, dongdor sharhlovchilar tomonidan oʻzgacha zavq bilan tilga olinmoqda.
Maʼlumki, bolalarning qaysi sohaga va qaysi sport turiga qiziqishida ular yashayotgan muhit katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Almopish va Barchinoylar yurti boʻlmish Surxon diyorida kurash keng tarqalgan. Bu yerdagi har 2 bolaning hech boʻlmasa birovi toʻylarda kurash tushadi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Biroq yosh Eldorning koʻngli koʻproq koptokka moyil boʻlib oʻsdi. Doʻstlari toʻylardagi kurash davralarida gir aylangan paytlarida u futbol oʻynadi. Jahon futbol yulduzlariga havas bilan qaradi, kelajakda ular kabi mashhur va mahoratli oʻyinchi boʻlishni yuragiga tugib qoʻydi.
Bu bejiz emas, albatta. Eldorning oilasini chin maʼnoda futbolchilar oilasi deyish mumkin. Eldorning otasi Azamat aka Oʻzbekiston futbol chempionatining quyi ligalarida toʻp surgan. Amakisi Ilhom Shomurodov Oʻzbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi boʻlgan. Yana bir amakisi Otabek va tugʻishgan akasi Sardor ham futbolchilardan.
Yuqoridagi videolavhada Shomurodovning shaxsiy hayoti, futboldagi sarguzashtlari va daromadi haqida soʻz boradi.