platina.uz
Jamiyat

Davlat tashkilotlari oshxonalarida zararli oziq-ovqatlar sotilishi cheklanadi

Ushbu tartib 2026 yil 1 yanvardan amal qiladi. Maxsus platformada xodimlarning tana vazni indeksini kiritib borish imkoniyatlarini yaratiladi. 

Davlat tashkilotlari oshxonalarida zararli oziq-ovqatlar sotilishi cheklanadi

Davlat organlari oshxonalarida zararli ovqatlar sotilishi cheklanadi.

Prezidentning "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" farmoni imzolandi.

Davlat xizmatchilari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini joriy etish maqsadida sport vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda jismoniy tarbiya va harakat faolligi boʻyicha tavsiyaviy tadbirlar va jihozlar roʻyxati hamda ularning meʼyorlarini tasdiqlanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari yiliga kamida bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkillashtiriladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda “hrm.argos.uz” platformasida xodimlarning tana vazni indeksini kiritib borish imkoniyatlarini yaratiladi.

Davlat organlari 2026 yil 1 yanvardan boshlab oʻzlariga tegishli boʻlgan oshxonalarni toʻliq autsorsing asosida tashkil etib, ularda sogʻlom ovqatlanishni keng joriy qiladi hamda shirinliklar, yogʻli, xamir solingan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, shuningdek, odam sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa turdagi mahsulotlarning savdosini cheklanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat xizmatchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi hamda davlat organlarining oshxonalariga qoʻyiladigan talablarni va sogʻlom ovqatlanish meʼyorlarini tasdiqlash choralarini koʻradi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari lavozim maoshini ularning ish tajribasi, ilmiy va malaka darajasi, natijadorligi hamda boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, yagona prinsip asosida shakllantirish boʻyicha 2025 yil 1 noyabrga qadar davlat xizmatchilarining oylik ish haqi tizimini tubdan takomillashtirishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritadi.

2025 yil 1 sentabrdan boshlab davlat xizmatchilarining oʻz koʻnikmalarini doimiy rivojlantirib borishi hamda ular oʻrtasida oʻzaro muloqotni kuchaytirish boʻyicha quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushiriladi.

2025 yil 1 oktabrdan boshlab davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi. Bunda:

a) xizmat safari rejasi va natijalari, geografiyasi, xodimlar soni hamda xarajatlarni onlaynkuzatib borish imkoniyati yaratiladi;

b) xizmat safarlarining muayyan davlat organining faoliyati samaradorligiga bevosita, oraliq va yakuniy taʼsiri monitoring qilib boriladi;

v) davlat xizmatchilari har bir xorijiy xizmat safarlari yakunlari boʻyicha hisobot topshiradi hamda hisobot asosida xizmat safarining samaradorligi baholab boriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid