platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 4 ta yangi mehmonxona quriladi

Yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ushbu binolarga 155 mlrd soʻm sarflanadi.

Toshkentda 4 ta yangi mehmonxona quriladi

Toshkent shahrida turizm sohasidagi tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini rivojlantirish va jami 100 ta yangi joylashtirish vositasini tashkil etish maqsadida 4 ta yangi mehmonxona quriladi.

Xalq deputatlari shahar kengashi 19 iyunda imzolagan qarorda 2025 yilda Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturni muhokama qilish masalasi koʻtarilgan.

Quriladigan mehmonxonalar uchun 155 mlrd soʻm ajratiladi. Bunda xostel va oilaviy. mehmonxonalarni tashkil etish istagida boʻlgan talabgorlarning roʻyxatlari shakllantiriladi.

Birinchi mehmonxona Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hududida quriladi. Loyihani ishga tushirish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish 2025 yil 25 iyul, mehmonxonani ishga tushirish esa 2025 yil 30 dekabrga moʻljallanmoqda.

Yana ikkita mehmonxona – biri Olmazor tumanida, ikkinchisi Mirobod tumanida Xitoy kompaniyalari tomonidan quriladi. Toʻrtinchisi esa Yakkasaroy tumanida quriladi. Bular ham 30 dekabrda topshirilishi rejalashtirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid