platina.uz
Iqtisod

Tahlil: Toshkent supermarketlarida kartoshka, pomidor va goʻsht arzonlashdi

Limon narxi esa sezilarli qimmatlagan. Bu mavsumiy omil bilan izohlanmoqda. 

Tahlil: Toshkent supermarketlarida kartoshka, pomidor va goʻsht arzonlashdi

Toshkent supermarketlarida kartoshka, pomidor, bodring, goʻsht (file) kabi mahsulotlar arzonlashdi.

2025 yilning iyun oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishi haqida maʼlumot berildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025-yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishini koʻrib chiqdi.

Monitoring natijalari 9 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganligini koʻrsatdi.

Shunday qilib, oqbosh karamning minimal narxi 64,2 foiz, pomidorniki 44,7 foiz, bodringniki 36,5 foiz, lavlaginiki 21,5 foiz, bananniki 13,0 foiz, olmaniki 8,4 foiz, guruchniki 7,3 foiz, mol goʻshtiniki (file) 6,3 foiz, kartoshkaniki 6,0 foiz pasaygan.

6 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, limon narxida eng katta oʻsish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bogʻliq.

6 mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan. Bular - bugʻdoy uni, grechka, makaron, tuxum, margarin, kungaboqar yogʻi.

Tahlil 2025 yil 7 may va 12 iyun kunlari oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida amalga oshirildi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avvalgi videoselektorda prezident goʻsht, sut va tuxum narxiga toʻxtalgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid