platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda taʼlim mansabdorlari pora bilan qoʻlga olindi

Nukusda direktor oʻrinbosari oʻqituvchilarni attestatsiyadan oʻtkazib berish evaziga ularning har biridan 1000-1500 AQSh dollari miqdorida pul olgan. 

Qoraqalpogʻistonda taʼlim mansabdorlari pora bilan qoʻlga olindi

DXX Qoraqalpogʻistonda taʼlim sohasidagi korrupsiyani aniqladi.

Nukus shahridagi umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi mazkur maktab direktori oʻrinbosarining topshirigʻiga asosan, kasbiy sertifikat olish boʻyicha sinovlaridan oʻtkazib berish evaziga Chimboy tumanida ishlovchi hamkasbidan 1000 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, direktor oʻrinbosari 100 nafardan ortiq oʻqituvchilarni davlat attestatsiyasidan oʻtkazib berish evaziga har biridan 1000-1500 AQSh dollari miqdorida pul olib, bu haqida oʻzining shaxsiy bloknotlari va qogʻozlarda aks ettirib kelganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagoglarni bilim va malakasini baholashni tashkil etish shoʻʼbasi bosh metodisti ham aloqadorligi aniqlangan. U oʻqituvchilardan davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga yordam berish evaziga yigʻilgan 10450 AQSh dollarini ixtiyoriy ravishda topshirdi.

Shu bilan birga, oʻqituvchilarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazmasdan, test jarayoniga uyali aloqa vositalari bilan kirishlariga sharoit yaratib bergan Milliy gvardiya xodimining ham oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashganligi maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, ular pora tariqasida olingan pullarni oʻzaro taqsimlashgan.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq DXX Navoiyda uy sotish bahonasida 411 kishini chuv tushirganlarni aniqlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid