platina.uz
Jahon

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Biroq Rossiya rahbari uning legitimligini shubha ostiga olgan. Urush sharoitida Ukrainada saylov oʻtkazish esa mumkin emas.  

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini, biroq uning qonuniyligiga shubha qilishini aytdi.

"Men hamma bilan, shu jumladan Zelenskiy bilan ham uchrashishga tayyorman. Gap hujjatlarni kim imzolashi (tinchlik kelishuvi)da", dedi Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda.

"Ukraina prezidenti besh yilga saylanadi, hatto harbiy holat sharoitida ham uni uzaytirishning yoʻllari yoʻq. Harbiy holatda faqat parlament ishi uzaytiriladi. Prezidentning bu ishdagi huquqlari hech qayerda yozilmagan", - dedi Rossiyada 25 yildan buyon boshqarayotgan prezident.

Eslatib oʻtamiz, Zelenskiy 2019 yildan buyon Ukrainani boshqarib kelmoqda. Urush sharoitida mamlakatda saylovlar oʻtkazilishi mumkin emas. Zelenskiy urush tugashi bilan mamlakatda saylovlar boʻlishi haqida aytgan.

Vladimir Zelenskiy 2025 yil may oyida Istanbulda Putin bilan shaxsan uchrashmoqchi ekanini maʼlum qilgan, ammo Rossiya rahbari ushbu uchrashuvga kelmagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid