Oʻzbekistonda yana dollarning tushish davri kuzatilmoqda
Endilikda bir AQSh dollari kursi 12 559,26 soʻm etib belgilandi. Bu 2024 yil avgustdan buyon eng past koʻrsatkichdir.

Oʻzbekistonda AQSh dollari rasmiy kursi 12 559 soʻmgacha tushdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumoti eʼlon qilindi.
Markaziy bank 2025 yil 20 iyundan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 59,37 soʻmga tushib, 12 559,26 soʻm etib belgilandi.
Yevro kursi 103,46 soʻmga tushdi va 14 413,01 soʻm boʻldi. Funt-sterling 16 857,04 soʻm (-132,68).
Rossiya rubli 160,17 soʻm etib belgilandi (-0,66).

Eslatib oʻtamiz, dollar 19 iyun kuni 49,51 soʻmga, undan avval qariyb 47 soʻmga arzonlagan. Umuman olganda dollar soʻnggi bor soʻmga nisbatan 16 iyun kuni oshgan.
Dollarning 12 559 soʻmgacha tushishi oʻtgan yili avgustdan beri eng past natija sanaladi. Ushbu valyuta 11 iyun kuni ham 12 646 soʻmgacha tushgandi.