platina.uz
Jamiyat

Buxorodagi bogʻchada bola tok urishi sabab vafot etdi

Mazkur jinoyat ishi hozirda sud muhokamasiga yuborilgan. 

Buxorodagi bogʻchada bola tok urishi sabab vafot etdi

Buxorodagi xususiy bogʻchada bola tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Buxoro tumanida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotida shu yilning mart oyida 2023 yilda tugʻilgan Sh.Sh. elektr toki urishi natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan oʻtkazilgan dastlabki tergovda mazkur nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi M.Jumayevaning vazifasiga yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kabi kasbiy majburiyatlar kirishi belgilangan. Biroq u oʻz kasbiga nisbatan beparvo hamda oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi va oʻziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirganligi aniqlandi.

Ish natijasiga koʻra mazkur jinoyat ishi 18 iyun kuni mazmunan koʻrishlik uchun sud muhokamasiga yuborilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid