Toshkent shahar byudjetidan 5,6 mlrd soʻm pul ajratiladi
Shundan 2,5 mlrd soʻmi Toshkent shahar sport boshqarmasiga beriladi. Pullar "Besh tashabbus" sport musobaqalariga sarflanadi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan 5 mlrd 615 mln soʻm mablagʻ ajratiladi. Qaror 2025 yil 17 iyun kuni chiqarilgan.
Unga koʻra, Toshkent shahar hokimligining taklifiga asosan, Respublika byudjetining 2025 yil I chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining oshirib bajarilishidan Toshkent shahar mahalliy byudjetiga oʻtkazib berilgan qismi hisobidan ilovaga muvofiq jami 5 615 600,0 ming (besh milliard olti yuz oʻn besh million olti yuz ming) soʻm ajratiladi.
Shundan 2,5 mlrd soʻm Toshkent shahar sport boshqarmasiga beriladi. Pullar "Besh tashabbus" sport musobaqalariga sarflanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga esa 1,2 mlrd beriladi. Pullar 52 ta maktabni kimyo va biologiya fanlari boʻyicha jihozlashga sarflanadi.
Shayhonhohurdagi poliklinikaga oʻrnatilgan quyosh panellari boʻyicha qarzlarni yopishga 840 mln soʻm beriladi.
Madaniyat boshqarmasiga esa 129 mln soʻm ajratiladi.