TIVda Eron va Isroil elchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi
Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev elchilar bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl orqali hal etish yuzasidan fikr almashdi.

2025 yil 17 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Shuningdek, Bahromjon Aʼloyev Isroilning Oʻzbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Isroil munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.