platina.uz
Siyosat

Parkentda yangi togʻ kurorti quriladi

Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va toʻliq quvvatda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qiladi, 600 ga yaqin servis majmualari tashkil etiladi.

Parkentda yangi togʻ kurorti quriladi

Shavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga tashrifi davomida “Oltin bel” choʻqqisidagi dam olish maskani va yangi togʻ-changʻi kurorti loyihalari bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, hududda turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar boʻlgan 52 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 3300 ta ish oʻrni yaratiladi va 1 million nafar sayyohga xizmat koʻrsatiladi.

"Parkentning qorli togʻlari yana bir ulkan loyihani amalga oshirish imkonini bermoqda. Bu yerda Avstriya kompaniyasi tomonidan 1200 gektarda togʻ-changʻi kurorti qurish rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.

Loyiha doirasida 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, changʻi uchish va osma dor yoʻli, shalelar, piknik maydoni, restoranlar, sogʻlomlashtirish xizmatlari tashkil etiladi.

Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va toʻliq quvvatda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qilish imkoniga ega boʻladi. 600 ga yaqin servis majmualari tashkil etiladi. Mavsumiy xizmatlar bilan birga 10 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid