platina.uz
Jamiyat

Iqtidorli maktab oʻquvchilari “Registon” maydonida jam boʻlishdi

Samarqandda oʻtayotgan tanlovlarning Respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi. 

Iqtidorli maktab oʻquvchilari “Registon” maydonida jam boʻlishdi

17 iyun kuni Samarqand shahrida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqichi sinov jarayonlariga tantanali start berildi.

Bunda har bir tanlov boʻyicha hududlardan kelgan 14 ta jamoa (har bir hududdan 1 tadan) belgilangan shartlar asosida kuch sinashadi. Bahslar taniqli sanʼatkorlar va sohaning malakali mutaxassislari tomonidan baholanadi.

Shuningdek, ishtirokchi oʻquvchilar Samarqand shahridagi tarixiy va madaniy obidalarga sayohat qilishadi.

“Turon” maktab teatri tanlovi bahslari hududdagi Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi bahslari Nurafshon sanʼat saroyida tashkil etiladi. Tanlovlar gʻoliblarini taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida boʻlib oʻtadi.

Yakuniy natijalarga koʻra, gʻolib deb topilgan jamoa aʼzolari xorijiy davlatlar (“Turon” maktab teatri tanlovi gʻoliblari — Turkiyaga, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi gʻoliblari — Ozarbayjonga) taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Shuningdek, tanlovlarda 2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid