platina.uz
Jamiyat

Boysunda 3 gektar joy yonib ketdi

Yongʻin nimadan chiqqani aytilmagan, olov taxminan 14 soatlarda oʻchirilgan.

Boysunda 3 gektar joy yonib ketdi

17 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Kengdala oʻrmon xoʻjaligi boʻlimiga qarashli archazorlarga tutash 3 gektar hududda yongʻin chiqqan.

Viloyat FVBga bu haqda soat 17:45 da xabar berilgan. Maydondagi yongʻin 18 iyun kuni soat 07:10 da oʻchirilgan.

Yongʻinni oʻchirishga 85 nafar shaxsiy tarkib, 4 ta texnika, Oʻrmon xoʻjaligi boʻlimidan 40 nafar xodim, 4 ta texnika, IIBdan 6 nafar xodim, Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatchi va bitta harbiy vertolyot, mahalliy aholidan 40 nafar koʻngilli jalb etilgan.

Shuningdek, yongʻinni oʻchirish jarayonida Chegara qoʻshinlarining uchuvchisiz uchish vositalaridan ham foydalanilgan.

Yongʻin nimadan chiqqani, zarar miqdori, qancha daraxtlar yongani haqida hozircha maʼlumot yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid