Toshkentning katta qismi chiroqsiz qoldi
5 ta tumanda elektr energiyasida uzilishlar kuzatildi.

Bugun Toshkentning katta qismida elektr energiyasida uzilishlar kuzatildi va bu hamon davom etmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida Mirobod va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida chiroq oʻchgandi. Sababini masʼullar hozircha izohlamadi.
Soat 21:00 ga kelib esa katta va markaziy tumanlar – Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek va Olmazorda ham tok uzilishlari kuzatilmoqda.
Energetika vazirligining tushuntirishicha, "Sokin" podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan. Ayni paytda avariya bartaraf etilyapti.
Shuningdek, hukumatga qarashli (gov.uz tarkibidagi) barsa veb-saytlar ishlamayapti.
Vazirlik yozda poytaxtda oʻchib qolgan chiroq uchun isteʼmolchilardan uzr soʻragan xolos.