platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston ukrainalik oʻquvchi bolalarga 2 mingta oʻquv qurollari toʻplami sovgʻa qildi

Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bu haqda maʼlum qilgan.  

Oʻzbekiston ukrainalik oʻquvchi bolalarga 2 mingta oʻquv qurollari toʻplami sovgʻa qildi

Oʻzbekiston ukrainalik birinchi sinf oʻquvchilar uchun 2000 ta oʻquv qurollari toʻplamini sovgʻa qildi.

Bu haqda Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.

Elchixona urushdan jabr koʻrgan oilalarning 97 nafar bolasi uchun tashkil etilgan unutilmas taʼtil uchun chin dildan minnatdorchilik bildirdi.

5 iyundan 17 iyungacha — ikki hafta davomida ular Oʻzbekistonda boʻldi.

Ukraina elchixonasi Oʻzbekiston tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu taʼsirli tashabbus xalqlar oʻrtasidagi chuqur doʻstlik va birdamlikning yorqin dalili ekanini bildirdi.

“Saxovatli gumanitar yuk – boʻlajak maktab oʻquvchilarimiz uchun ajoyib sovgʻa boʻladigan 2000 ta birinchi sinf oʻquvchisi toʻplami uchun alohida tashakkur. Bunday yordam Ukraina uchun bebaho boʻlib, qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bolalarga umid va tabassumlar hadya etadi. Biz sizning insonparvarligingiz va ochiqligingizni chuqur qadrlaymiz! Birgalikda biz mustahkam kelajak quramiz”, deyiladi elchixona xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid