platina.uz
Jamiyat

Andijonda ijtimoiy obʼektlarning isitish tizimlari uchun 25 mlrd soʻm ajratiladi

Ushbu muassasalarning katta qismi maktablar, shifoxonalar va bogʻchalardir. 

Andijonda ijtimoiy obʼektlarning isitish tizimlari uchun 25 mlrd soʻm ajratiladi

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori bilan mahalliy byudjetdan pul ajratiladi. Qaror 2025 yil 17 iyun kuni imzolangan.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Byudjet kodeksining 120-moddasi 4-qismiga binoan Andijon viloyati viloyat byudjeti hamda tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlarining 2025 yil ijrosi jarayonida maqbullashtirilgan mablagʻlari hisobidan ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish uchun 25 mlrd soʻm beriladi.

Qaror ilovasiga koʻra isitish tizimi modernizatsiya qilinadigan ijtimoiy binolar 168 tani tashkil etadi. Masalan Andijon shahridagi 10-maktabga 440 mln 670 ming soʻm, 23-maktabga 442 mln soʻm, 14-maktabga 220 mln soʻm, viloyat psixonevrologik dispanseriga 400 mln soʻm, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 200 mln soʻm beriladi.

Andijon tumanidagi 15-maktabga 390 mln soʻm, 17-maktabga 600 mln soʻm, Baliqchi tumanidagi 57-maktabga ham shuncha pul beriladi.

Shahrixon tumanidagi tugʻruq boʻlimi uchun 120 mln soʻm ajratiladi. Buloqboshi tumanidagi 11-bogʻcha uchun 210 mln soʻm beriladi. Ushbu tumandagi 32-maktab esa byudjetdan 620 mln soʻm oladi.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi (X.Omanov) hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari D.Karimov zimmalariga yuklatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid