platina.uz
Siyosat

Yangi Toshkentgacha metro quriladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Yangi Toshkentgacha metro quriladi

Hozirgi “Doʻstlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat boʻlishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yoʻlovchilarni qamrab ololadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Toshkent metropoliteni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan edi. Bu 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Chilonzor yoʻlining Pushkin bekatidan Toshkent halqa yoʻligacha yer yuzasi boʻylab, ikkinchi bosqichda u yerdan TTZ dahasining shoh bekatigacha yerosti yoʻli barpo etiladi.

Shuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur temir yoʻlni Toshkent halqa yoʻli ostidan oʻtkazish nazarda tutilmoqda. Yerosti yoʻnalishi ham koʻchadagi harakatni toʻxtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yoʻli 85 ming yoʻlovchini qamrab olishi kutilmoqda.

Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari koʻrib chiqildi. Davlatimiz rahbari qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid