Xorazm viloyatida turli xarajatlarga 43,5 mlrd soʻm ajratilmoqda
"Xorazm" futbol klubi stadioni yugurish yoʻlagini taʼmirlash, yoritish chiroqlari va boshqa xarajatlar uchun 8,6 mlrd soʻm sarflanadi.

Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi qarori bilan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablagʻ oluvchilarga 43,5 mlrd soʻm ajratiladi. Mablagʻ viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladi.
Jumladan, "Xorazm" futbol klubi stadioni yugurish yoʻlagini taʼmirlash, yoritish chiroqlari va boshqa xarajatlar uchun 8,6 mlrd soʻm, Toshkentda oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmada Xorazm paviloni uchun 1,1 mlrd soʻm ajratiladi.
Viloyatdagi 13 ta umumtaʼlim maktablarida muhandislik laboratoriyalarini joriy etib, jihozlash uchun 5 mlrd 563 mln soʻm taqdim etiladi.
Shovot tumanida "Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar" dasturi doirasida qurilish-taʼmirlash ishlari uchun 11 mlrd soʻm, viloyatdagi oromgohlarni taʼmirlash boshlash va boshqa xarajatlarga 5 mlrd soʻm, viloyat hokimligini qoʻriqlash, internet, kommunal va boshqalarga 2 mlrd soʻm beriladi.
Qaror 2025 yil 16 iyun kuni jamoatchilikka eʼlon qilindi.