platina.uz
Jamiyat

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan boʻshatiladi

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining oʻzi rahbarlik qilishi belgilandi. 

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan boʻshatiladi

Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan boʻshatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan toʻldirilishi qayd etildi.

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining oʻzi rahbarlik qilishi belgilandi. Hokimlar har kuni ishini shu yerda aholi dardi va tashvishini eshitishdan boshlaydi.

“Hokimlar bir narsani tushunib olsin, bugun tugʻilgan muammoni keyingi kunga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Murojaatni boshqa idoraga yubormasdan shu yerning oʻzida hal qiladi”, - dedi Prezident.

Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi. Masalalarni hal qilish uchun qoʻshimcha resurs ham beriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid