platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga boradi

Prezident "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi ikkinchi sammitda qatnashadi. 

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etish uchun 17 iyun kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Yakunda qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Sammit doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy Raisi bilan ikki tomonlama uchrashuv ham oʻtkazadi.

Taʼkidlash joizki, bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida boʻlib oʻtgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid