Prezident transport vaziri va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” raisini tanqid qildi
“Termiz-Sariosiyo” temir yoʻlining yarmi elektrlashmagani uchun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 soatda borayapti.

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Prezident vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi.
Har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda oʻrtacha 500 nafar xodim ishlaydi. Ularning viloyatda idorasi ham, boshligʻi ham bor.
Ayrim tuman tashkilotlari oddiy-oddiy masalalarni hal qilish uchun viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olishi kerak.
Masalan, Qumqoʻrgʻon markazidagi temir yoʻlida har kuni 20 marta yopiladigan “shlagbaum” 200 metr nariga koʻchirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik yoʻqoladi. Lekin, bunga na tuman, na viloyat hokimini vakolati bor. “Oʻzbekiston temir yoʻllari”dan ruxsat olish kerak.
Yoki, “Termiz-Sariosiyo” temir yoʻlining yarmi elektrlashmagani uchun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 soatda borayapti. Shu bois, koʻpchilik avtomobilda harakatlanmoqda.
Tuman hokimlari va aholi takliflarini eshitib, bu yoʻnalishni oxirigacha elektrga oʻtkazsa, 10 ta tumanni Termiz bilan xavfsiz bogʻlash mumkin, lekin transport vaziri I.Mahkamov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” raisi Z.Narzullayev bunga loqaydligi koʻrsatib oʻtildi.