platina.uz
Jamiyat

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatiladi

Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi masʼul boʻladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatiladi

Yigʻilishda Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy koʻrib chiqildi.

"Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi koʻrinish uchun, ular nimani bersa, shuni koʻtarib kelmasdan, masalalarni oʻrganib, aybdorlarni jazolash boʻyicha nega taklif kiritmaydi?",- dedi davlatimiz rahbari.

Faoliyatidagi kamchilik va muammolarni hisobga olib, Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning oʻzida tugatishga qaror qilindi.

Shu bois ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilishi belgilandi.

Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi masʼul boʻladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.

Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablagʻlarni faqatgina toʻgʻri sarflanishini emas, balki nima samara berganini, aholi bundan qanchalik rozi boʻlganini ham oʻrganadi.

Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, “aravasini tortmayotgan” rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar boʻyicha oʻz taklifini har oyda Prezidentga kiritadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid