platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 1,6 ming gektardan oshiq ekin maydonlari yoqib yuborilgani aniqlandi

Eng koʻp holat Surxondaryo viloyatida aniqlangan - 1324,8 gektar. 

Oʻzbekistonda 1,6 ming gektardan oshiq ekin maydonlari yoqib yuborilgani aniqlandi

Oʻzbekistonda 1,6 ming gektar hududda ekin maydonlarin yoqib yuborilgani aniqlandi.

Har yili bahor – yoz oylarida boshoqli don ekinlari yigʻib olinishi bilan dalalarda somon, poya va boshqa organik qoldiqlarni noqonuniy tarzda yoqib yuborish kabi holatlar kuzatiladi.

Bu ekologik muammoga qarshi kurashish maqsadida "Oʻzkosmos" agentligi bir necha yillardan buyon sunʼiy yoʻldoshlar orqali kosmik monitoringni olib bormoqda.

Joriy yilgi kuzatishlarning dastlabki tahlillariga koʻra, iyun oyining bugungi kuniga qadar Respublika miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilishi bilan bogʻliq 213 ta holat aniqlandi. Bu Surxondaryo viloyatida 180 ta (1 324,8 gektar), Sirdaryo viloyatida 17 ta (135,2 gektar), Toshkent viloyatida 3 ta (58,2 gektar), Andijon viloyatida 3 ta (18,5 ga), Fargʻona viloyatida 4 ta (20,4 ga), Jizzax viloyatida 2 ta (21,3 ga) va Buxoro viloyatida 4 ta (27,0 gektar) tashkil etmoqda.

Mazkur vaziyatlar boʻyicha tezkor axborotlar Bosh prokuratura, Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.

Boshoqli don ekinlaridan boʻshagan maydonlarni tez va arzon yoʻl bilan yoʻq qilib yuborishga boʻlgan harakat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha jarimalar qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Zarar miqdori katta boʻlgan taqdirda hattoki jinoiy javogarlikkacha olib borishi mumkin.

1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida, 500 gramm azot oksidi, 379 gramm ulgevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi atmosferaga tarqaladi. Bu toza havoning ifloslanishi bilan birga inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi bilan xavflidir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid