Oʻttizdan oshiq oʻzbekistonlik Erondan olib kelindi
Ular Turkmaniston va Ozarbayjon orqali evakuatsiya qilingan.

Oʻttizdan oshiq oʻzbekistonlik Erondan qaytarildi.
16 iyun holatiga koʻra, 30 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinib, mamlakatga yetkazildi. Bu haqda TIV xabar berdi.
"Mazkur jarayonda yaqindan koʻmak bergan Turkmaniston, Ozarbayjon va Eronlik hamkasblarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Fuqarolarimizning xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha zarur choralar koʻrilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda", deyiladi xabarda.
Ayni paytda ushbu davlatlarda boʻlib turgan fuqarolarimizga xavfsiz joylarda boʻlish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalar bilan aloqada boʻlish tavsiya etiladi.