platina.uz
Jamiyat

Oʻn beshta tuman hokimiga uch oy muhlat berildi

Birinchi yarim yillikda 722 ming odamni kambagʻallikdan chiqarish reja qilingan. Bandlik rejasi 15 ta tumanda toʻliq bajarilmagan. 

Oʻn beshta tuman hokimiga uch oy muhlat berildi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Birinchi yarim yillikda 2 million 600 ming aholini band qilish, 722 ming odamni kambagʻallikdan chiqarish reja qilingan.

Lekin mablagʻ va sharoit boʻlsa-da, bandlik rejasi 15 ta tumanda toʻliq bajarilmagani koʻrsatib oʻtildi. Bular – Muborak, Boʻston, Vobkent, Marhamat, Fargʻona, Zangiota, Doʻstlik, Chortoq, Qoraoʻzak, Uychi, Xonobod, Yangibozor, Parkent, Arnasoy va Uchkoʻprik tumanlari.

Ushbu tuman hokimlari uch oyda rejaga chiqmasa, barchasi ishdan olinishi qayd etildi.

Aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha Uchquduq, Angren va Karmanada ishlar sustligi koʻrsatib oʻtildi.

Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga oʻsdi. Lekin Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda oʻsish respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichga ham chiqmadi.

Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanmoqda.

“Bu 1 soʻm soliq yigʻish uchun 2 soʻm resurs sarflash bilan barobar emasmi?Aslida, Soliq qoʻmitasi rahbariyati, viloyat, tuman soliq rahbarlari televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, soliq toʻlash majburiyat emas, konstitutsiyaviy burch ekanini tushuntirsa, soliqlarni odamlarni oʻzi toʻlab qoʻyadiku!Agar mahalladagi soliqchi bunga ketgan vaqtini soliq bazasini kengaytirishga sarflasa, tushum karra-karra oshadi”, - dedi Prezident.

Mutasaddilarga mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqish topshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid