Toshkentdan Isroilga reyslar vaqtincha toʻxtatildi
Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin

Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yoʻnalishidagi reyslar yoʻlovchilari uchun shoshilinch axborot eʼlon qilindi.
Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025 yil 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatishga majbur boʻldi.
Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.
"Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va tushunishingizga umid qilamiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring", deyiladi xabarda.