platina.uz
Madaniyat

"Toʻqilmagan hikoya": qiyinchilikda oʻsgan farzandning muvaffaqiyati

Film bosh  qahramoni Maftuna Ochilova “Yosh kitobxon” tanlovida gʻolib boʻlib “Prezident sovgʻasi"ni qoʻlga kiritadi. 

"Toʻqilmagan hikoya": qiyinchilikda oʻsgan farzandning muvaffaqiyati

Bugun “Iroda kuchi” loyihasi doirasida tayyorlangan “Toʻqilmagan hikoya” hujjatli filmi jurnalistlar va jamoatchilik faollari uchun premʼera qilindi.

Film bosh qahramoni Maftuna Ochilova “Yosh kitobxon” tanlovida gʻolib boʻlib “Prezident sovgʻasi - elektromobilni qoʻlga kiritgan.

Filmda voqealar oʻz nomi bilan aytilganidek toʻqilmagan. U qiyinchilikda oʻsgan oila farzandining mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatdan foydalanib katta yutuqqa erishgani, oʻz taʼbiri bilan aytganda yorugʻ kunlarga chiqqani haqida hikoya qiladi.

Biz bu filmni ota-onalar oʻz farzandi bilan, yoshlar tengdoshlari bilan tomosha qilishini juda istardik. Maftuna hikoyasidan yangi ilhom, kuch olishingizga ishonamiz.

Hujjatli film tez kunlarda “Mening yurtim” hamda “Yoshlar” telekanalida efirga uzatiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid