platina.uz
Jamiyat

"Octobank" va "Humans" oʻrtasidagi nizo boʻyicha hal qiluvchi qaror eʼlon qilindi

"Humans" MChJning zimmasiga bank oldidagi qarzdorlikni qoplash majburiyati yuklatildi. 

"Octobank" va "Humans" oʻrtasidagi nizo boʻyicha hal qiluvchi qaror eʼlon qilindi

"Octobank" va "Humans" oʻrtasidagi nizo boʻyicha sudning hal qiluv qarori qabul qilindi.

2025 yil 13 iyun kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida "Octobank" AJ va "Humans" MChJ oʻrtasidagi iqtisodiy ish boʻyicha hal qiluv qarori eʼlon qilindi. Sud hujjatiga muvofiq, "Humans" MChJning zimmasiga bank oldidagi qarzdorlikni qoplash majburiyati yuklatildi.

"Octobank" AJ ushbu hal qiluv qarorini oʻzining qonuniy huquqlarini himoya qilish yoʻlida muhim qadam deb biladi va barcha hamkorlar bilan shaffof, adolatli munosabatlarni davom ettirishga tayyorligini tasdiqlagan.

"Eslatib oʻtish lozimki, 2025 yil 13 iyun soat 18:00dan boshlab kliring va "Humans" moliyaviy xizmati doirasida chiqarilgan kartalar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish toʻliq toʻxtatilganini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid