platina.uz
Jamiyat

Eron Isroilga qarata javob zarbalari yoʻlladi

Tel-Aviv va uning atrofida raketalar qulagan, Isroil Mudofaa vazirligi joylashgan Kiriya majmuasiga zarba berildi. 

Eron Isroilga qarata javob zarbalari yoʻlladi

13 iyun kechqurundan beri Eron qurolli kuchlari Isroildagi oʻnlab nishonlarga javob zarbalari berdi. Tel-Aviv va uning atrofida raketalar qulagan.

Eron Tel-Aviv markazidagi Isroilning asosiy harbiy shtab-kvartirasi, qurolli kuchlar markaziy qoʻmondonligi va Mudofaa vazirligi joylashgan Kiriya majmuasiga zarba berishga muvaffaq boʻldi.

Isroil milliy tibbiyot xizmati rahbari Magen Devid Adom maʼlumotlariga koʻra, kamida 44 kishi jarohatlangan.

Ikki nafarining ahvoli ogʻir, qolganlari shrapneldan yengil yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi jarohatlar olgan. Bir ayol vafot etdi.

Eronning BMTdagi elchisi Amir Said Iravoniyning aytishicha, Isroil hujumlarida 78 kishi, jumladan, yuqori martabali harbiy zobitlar halok boʻlgan, 320 dan ortigʻi yaralangan, ularning aksariyati tinch fuqarolardir.

Benyamin Netanyaxu navbatdagi videomurojaatida eronliklarni oʻz hukumatiga qarshi chiqishga chaqirdi.

"Rejim unga nima bilan zarba berilganini bilmaydi. U hech qachon bunchalik zaif boʻlmagan. Bu sizning oʻrningizdan turib, ovozingizni eshitish imkoniyatidir", - dedi Netanyaxu.

Isroilning harbiy operatsiyasidan maqsad: Eronning yadroviy va raketa salohiyatiga jiddiy zarar yetkazish. Eron esa oʻzining javob operatsiyasini "Haqiqiy vaʼda 3" deb atadi.

Isroil kuchlari 13 iyun kuni Erondagi bir nechta nishonlarga, asosan harbiy va yadroviy obʼektlarga hujum qildi. Zarbalarda IRQK va Eronning yuqori darajadagi harbiy qoʻmondonlari hamda toʻqqiz nafar yadro olimi halok boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid