Andijon va Fargʻonada mahallalar va obodonlashtirish uchun milliardlar ajratiladi
Fargʻonada yer va mol-mulk soligʻini eng koʻp tushirgan MFYlarga salkam 2 mlrd soʻm beriladi.

Andijon va Fargʻona viloyatlarda byudjetdan katta mablagʻlar ajratish boʻyicha hujjatlar eʼlon qilindi.
Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov 2025 yil 13 iyun kuni pul ajratish boʻyicha farmoyish chiqargan. Unga koʻra, yer va mol-mulk soligʻini eng koʻp tushirgan Oltiariq tumani “Azimobod” MFYGA 500,0 million soʻm, Uchkoʻprik tumani “Oltin vodiy” MFYga 300,0 million soʻm, Fargʻona shahri “Beshbola” MFYga 200,0 million soʻm, Rishton tumani “Qalaynav” MFYga 200,0 million soʻm, Quva tumani “Gulobod” MFYga 200,0 million soʻm, Bagʻdod tumani “Guliston” MFYga 100,0 million soʻm, Margʻilon shahri “Tuttagi” MFYga 100,0 million soʻm, Furqat tumani “Kaldushon” MFYga 100,0 million soʻm, Yozyovon tumani “Soyyoni” MFYga 100,0 million soʻm, Fargʻona tumani “Yuksalish” MFYga 50,0 million soʻm, Qoʻqon shahri “Yalangʻochota” MFYga 50,0 million soʻm, Rishton tumani “Soʻxobod” MFYga 50,0 million soʻm jami 1 950,0 (bir milliard toʻqqiz yuz ellik) million soʻm mablagʻ viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil 1-chorak daromadlar rejasini oshirib ajratilgan qismi ajratiladi.
Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi ham 13 iyun kuni pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi. Unga koʻra, viloyat byudjetining 2025 yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan quyidagi ishlar qilinadi:
- Xonobod shahar mahalliy byudjetiga Xonobod shahrida “IT-shaharcha” tashkil etish uchun 700,0 (yetti yuz) million soʻm;
- Andijon shahar mahalliy byudjetiga shahar markaziy koʻchalaridagi tungi yoritish chiroqlarini taʼmirlash xarajatlariga 200,0 (ikki yuz) million soʻm;
- Andijon shahar mahalliy byudjetiga obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari uchun manzarali va mavsumiy gul koʻchatlari sotib olishga 500,0 (besh yuz) million soʻm;
- Andijon shahar mahalliy byudjetiga shahar markaziy koʻchalaridagi obodonlashtirish ishlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun 200,0 (ikki yuz) million soʻm;
- Andijon shahar mahalliy byudjetiga ehtiyojmand va moddiy koʻmakka muhtoj oila vakillarini qoʻllab-quvvatlash uchun Andijon shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasiga 80,0 (sakson) million soʻm;
- Oltinkoʻl tuman mahalliy byudjetiga “Mebel bozori” hududida avtoturargoh
tashkil etish uchun ajratilgan 1,8 gektar yer maydonini toifasini oʻzgartirish xarajatlari uchun 19,0 (oʻn toʻqqiz) million soʻm;
- viloyat hokimligi ishlar boshqarmasiga viloyat hokimligining qoʻriqlash xizmatidan yuzaga kelgan qarzdorligini qoplash uchun 300,0 (uch yuz) million soʻm;
- viloyat hokimligi ishlar boshqarmasiga Andijon viloyati futbol assotsiatsiyasiga “Bobur arena” oʻyingohini zamonaviy talablarga moslashtirish bilan bogʻliq xarajatlarga 600,0 (olti yuz) million soʻm hamda sport maktablarini futbol toʻpi, darvoza setkasi, sport kiyimlari va boshqa inventarlar bilan taʼminlash uchun 180,0 (bir yuz sakson) million soʻm;
- hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va infratuzilma obʼektlaridagi qurilish-taʼmirlash ishlariga 1-ilovaga muvofiq 1159,0 (bir milliard bir yuz ellik toʻqqiz) million soʻm;
Umumiy jami uch milliard toʻqqiz yuz oʻttiz sakkiz million soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi.