Oʻzbekistonda yaqin kunlarda kuchli jazirama kutilmoqda
Janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda harorat 43-44 darajagacha koʻtariladi.

Oʻzbekiston hududida jazirama issiq boʻlishi kutilmoqda.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 16-19 iyun kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
16-17 iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19 iyunda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 43-44 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.