platina.uz
Jamiyat

Isroil Eron hududiga zarbalar berdi

Mudofaa vaziri Israel Kats favqulodda holat eʼlon qilib, Tehron yaqin orada zarba berishi mumkinligidan ogohlantirdi. Mamlakat havo hududini yopdi. 

Isroil Eron hududiga zarbalar berdi

Isroil Eron hududiga zarbalar berdi.

13 iyunga oʻtar kechasi Isroil Eronga qarshi keng koʻlamli havo operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi. Harbiy maʼlumotlarga koʻra, zarbalar Eron yadroviy dasturi bilan bogʻliq obʼektlarga berilgan.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats favqulodda holat eʼlon qilib, Tehron yaqin orada zarba berishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu zudlik bilan xavfsizlik mahkamasi yigʻilishini chaqirdi.

Isroil harbiylari bayonotiga koʻra, Eron eng qisqa vaqt ichida 15 tagacha yadro kallaklarini ishlab chiqarish uchun yetarli darajada boyitilgan uranga ega. Tel-Aviv buni milliy xavfsizlikka bevosita tahdid sifatida baholadi. Isroil havo hududini vaqtincha yopdi.

Qoʻshma Shtatlar Isroilning Eronga hujumi haqida ogohlantirilganini, ammo unda ishtirok etmaganini aytdi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Tehronni AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obʼektlariga hujum qilishdan ogohlantirdi.

Zarbalar Tehron yaqinidagi kamida oltita harbiy obʼekt, jumladan, yuqori martabali harbiylar va ilmiy amaldorlar joylashgan binolarni nishonga olgan.

Eron matbuotiga koʻra, zarbalar sabab Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi qoʻmondoni general Husayn Salamiy oʻldirilgan boʻlishi mumkin.

Tasnim xabariga koʻra, u bilan birga ikki yadro fizikasi olimi ham halok boʻlgan. Tinch aholi qurbonlari haqida ham xabarlar bor.

Havo hujumlari Tehrondan tashqari Eron yadroviy dasturining muhim joylaridan biri joylashgan Natanz va Hamadonda ham qayd etilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid