platina.uz
Jamiyat

Erondagi vaziyat sabab Toshkentga uchadigan ayrim reyslar bekor qilindi

Bir nechta reyslar esa poytaxtdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi. 

Erondagi vaziyat sabab Toshkentga uchadigan ayrim reyslar bekor qilindi

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar bekor qilindi.

Jumladan, "FlyDubai" aviakompaniyasining Dubay - Toshkent - Dubay yoʻnalishi boʻyicha F3-1945/1946 reyslari;

- "Air Arabia" aviakompaniyasining Sharja - Toshkent - Sharja yoʻnalishi boʻyicha G9-270/271 reyslari;

- "Asia Union" aviakompaniyasining Toshkent - Madina - Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 7Q-141/142 reyslari.

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi:

- “Uzbekistan Airways ” aviakompaniyasining Toshkent - Jidda yoʻnalishidagi reysi soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qoʻndi;

-" Fly Dubai" aviakompaniyasining Toshkent - Dubay yoʻnalishidagi reysi mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qoʻndi.

Shuningdek, "Air Cairo" aviakompaniyasining Olmaota - Sharm-ash-Shayx yoʻnalishi boʻyicha reysi (07:46) va "Qatar airways" aviakompaniyasining Seul - Doha yoʻnalishi boʻyicha reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi.

Parvozlar holati haqida batafsil maʼlumot olish uchun aviatashuvchiga murojaat qilish mumkin.

"Centrum air" aviakompaniyasining Toshkent – ​​Doha yoʻnalishi boʻyicha reysi uchish aeroportida kechiktirildi. Yoʻlovchilar vaqtinchalik terminalga joylashtirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid