“Uzum Market” Yandeks reklamasi tufayli Raqobat qoʻmitasiga murojaat qildi
Yandeks Marketning reklamasida insofsiz raqobat alomatlari boʻlishi mumkin.

Televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali Yandex Market boʻyicha reklama roligida “YandexGo UB” MChJ tomonidan “Uzum Market” MChJ XKga nisbatan insofsiz raqobat harakatlarini amalga oshirayotgani, uning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazayotgan boʻlishi mumkin.
Bu boʻyicha Raqobat qoʻmitasiga “Uzum Market” MChJ XKning murojaati kelib tushgan va chora koʻrilishi soʻralgan.
Yuqoridagilarga koʻra, qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “YandexGo UB” MChJga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.
Qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.