Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi
Ahmadobod shahrida bortida 242 kishi boʻlgan samolyot halokatga uchradi. Halok boʻlganlarning aniq soni hali eʼlon qilinmadi.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya maktubi yoʻlladi.
Davlat rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hozirda qurbonlarning aniq soni yoʻq. Samolyot bortida jami 242 kishi boʻlgan. OAV 30 kishining jasadi topilgani haqida xabar bermoqda.