Rus elchisi faoliyatini yakunladi
Oleg Malginov 2021 yilda Oʻzbekistonga elchi boʻlib kelgandi.

Rossiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov elchilik faoliyatini yakunladi.
Bugun Tashqi ishlar vazirligida uni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.
"Muhokamalarimiz Oʻzbekiston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlandi. Biz aloqalarni chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz uchun manfaatli qoʻshma tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga intilishimizni yana bir bor tasdiqladik", deyiladi TIV xabarida.
Malginov 2021 yil 5 mart kuni Oʻzbekistonga elchi sifatida tayinlangan edi.