platina.uz
Jahon

Hindistonda bortida 242 kishi boʻlgan samolyot halokatga uchradi

Hodisa tafsilotlari oʻrganilmoqda, qurbonlar boʻyicha aniq raqamlar eʼlon qilinmagan. 

Hindistonda bortida 242 kishi boʻlgan samolyot halokatga uchradi

Hindistonda yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi.

OAV xabarlariga koʻra, Air India aviakompaniyasining Londonga yoʻl olgan va bortida yuzlab yoʻlovchi boʻlgan reysida Ahmadobod aeroportidan koʻtarilgach falokat yuz bergan.

India Today xabariga koʻra, bortda 242 kishi boʻlgan. Times of India gazetasining aniqlik kiritishicha, halokatga uchragan samolyot Boeing 787 Dreamliner boʻlgan.

Air India aviakompaniyasi X ijtimoiy tarmogʻida reys Ahmadoboddan Londondagi Gatvik aeroportiga uchishi kerakligi haqida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kompaniya hozirda hodisa tafsilotlarini oʻrganmoqda.

Ommaviy axborot vositalari halokat joyidan tutun ustuni aks etgan fotosuratlar va videolarni nashr etmoqda.

Halok boʻlganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha aniq maʼlumot yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid