Buxoroda ichimlik suvi narxi oshmoqda
Aholi uchun bir kub metr suv narxi 4000 soʻmgacha koʻtariladi.

Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi ichimlik suvining yangi tariflarini tasdiqlash boʻyicha qarorni eʼlon qildi. Qaror 2025 yil 12 iyun kuni chiqarilgan.
Unga koʻra, Buxoro suv taʼminoti AJ taklif etayotgan narx quyidagicha: oddiy aholi uchun bir kub suv narxi 4000 soʻm (amaldagi narx 3100 soʻm). Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun esa narx 8,5 ming soʻmni tashkil etadi (hozirda esa 7 ming soʻm).
Oqova suvlarni chiqarib yuborish aholi uchun 3800 soʻm, ulgurji isteʼmolchilar va byudjet tashkilotlari uchun esa 5600 soʻmni tashkil qiladi.
Texnik suv yetkazib berish barcha isteʼmolchilar uchun 2 ming soʻmga oshadi.
Mazkur narxlar eʼlon qilingandan 15 kun oʻtib kuchga kirishi belgilangan.
