platina.uz
Jahon

AQSh Eron bilan keskinlik fonida Bagʻdoddagi elchixonasini qisman evakuatsiya qilmoqchi

Donald Tramp mamlakat oʻz xodimlarini “xavfli” Yaqin Sharqdan olib chiqayotganini tasdiqladi. 

AQSh Eron bilan keskinlik fonida Bagʻdoddagi elchixonasini qisman evakuatsiya qilmoqchi

Amerika Qoʻshma Shtatlari mintaqada xavf ortishi sababli Iroqdagi elchixonasini qisman evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

"Davlat departamenti muntazam ravishda xorijdagi amerikalik xodimlarni tekshiradi va bu qaror yaqinda oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga koʻra qabul qilindi", dedi Oq uy matbuot kotibi Anna Kelli.

Qayd etilishicha, AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset amerikalik harbiy xizmatchilarning oilalariga Yaqin Sharqdagi uylarini ixtiyoriy ravishda tark etishga ruxsat bergan.

Avvalroq Eron mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda agar qurolli toʻqnashuv boshlansa, AQShning Yaqin Sharqdagi barcha harbiy bazalariga zarba berish bilan tahdid qilgan edi.

Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar oʻz xodimlarini “xavfli” Yaqin Sharqdan olib chiqayotganini tasdiqladi.

“Ha, ular chekinmoqda, chunki u [Yaqin Sharq] xavfli joy boʻlishi mumkin”, dedi AQSh prezidenti Vashingtonda jurnalistlarga. "Biz chekinish haqida buyruq berdik, keyin nima boʻlishini koʻramiz".

Shuningdek, u Eronning yadro quroliga ega boʻlishiga yoʻl qoʻymasligini aytdi.

"Ular yadro quroliga ega boʻlolmaydi, bu juda oddiy. Biz bunga yoʻl qoʻymaymiz", - deya izoh berdi Oq uy rahbari.

Eslatib oʻtamiz, Vashington va Tehron aprel oyidan beri yangi yadroviy kelishuvni ishlab chiqish uchun besh marta muzokara oʻtkazgan va yaqin kunlarda yana uchrashishi kerak edi.

Eron Mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda mamlakatga hujum qilinsa, Tehron Amerikaning mintaqadagi bazalariga zarbalar berishini aytdi.

Bagʻdod evakuatsiya qilishni talab qiladigan hech qanday tahdidni aniqlamadi, deya xabar bermoqda Reuters Iroq davlat axborot agentligiga tayanib.

Bagʻdoddan evakuatsiya boʻyicha xabarlar fonida Brent nefti fyucherslari bir barrel uchun 69,18 dollarga yetdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid