platina.uz
Jamiyat

1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

Davlat xizmatlari koʻrsatilmaydigan hududlarda qabul qilingan bolalar adm.maktab.uz orqali roʻyxatga olinadi.

1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

2025–2026 oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi xabar berdi.

Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: 20 iyun – 31 iyul (mikrohudud doirasida):

2-bosqich: 1 avgust – 15 avgust. (mikrohududdan tashqari)

Qabul elektron shaklda quyidagi hududlarda my.maktab.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Ota-onalar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.

Video-yoʻriqnomada maktabni qanday aniqlash tushuntirilgan.

Davlat xizmatlari koʻrsatilmaydigan hududlarda qabul qilingan bolalar adm.maktab.uz orqali roʻyxatga olinadi.

Eslatma: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, 2018 yil 31 dekabrgacha tugʻilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid