platina.uz
Jamiyat

“Poytaxtning SMMchi qizlari” loyihasi ikkinchi bosqichi yakunlandi

Ayni paytda bitiruvchilarning 30 foizi qisqa muddatda SMM sohasida ishlashni boshlagan va ilk daromadga chiqqan.

“Poytaxtning SMMchi qizlari” loyihasi ikkinchi bosqichi yakunlandi

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida tashkil etilgan 24 modulli bepul SMM kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yana 500 nafar qiz sertifikatga ega boʻldi.

Oʻtgan yili Toshkent shahar hokimligi “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga oʻqitib, bandligini taʼminlash va ularni daromadli qilish maqsadida 30 yoshgacha boʻlgan 1 000 nafar qizni SMM sohasiga mutlaqo bepul oʻqitish tashabbusini amalga oshirgandi. Birinchi mavsumda qizlarga sertifikatlar topshirilgan.

Loyihaning ikkinchi mavsumi ham yakuniga yetdi. Unda SMM kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yana 500 nafar qizga sertifikatlari topshirildi. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona old maydonida oʻtgan tadbirda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova, SMM Maktab jamoasi va oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida bitiruvchi qizlar oʻz loyihalari, dastlabki muvaffaqiyatlari va rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Ayni paytda bitiruvchilarning 30 foizi qisqa muddatda SMM sohasida ishlashni boshlagan va ilk daromadga chiqqan.

Bu loyiha nafaqat kasb oʻrgatadi, balki oʻziga ishonch, mustaqillik va yangi hayot eshiklarini ham ochmoqda.


Mavzuga oid: SMM orqali qanchagacha daromad topish mumkin? – Platina Podcast

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid