Namangan shahar hokimligiga salkam 4,5 mlrd soʻm ajratiladi
Pullar jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan beriladi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishni imzoladi. Farmoyish 2025 yil 11 iyun kuni imzolangan.
Unga koʻra viloyat hokimligi huzuridagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan
mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarma” mablagʻlari hisobidan Namangan shahar hokimligiga 4 467 972,0 (toʻrt milliard toʻrt yuz oltmish
yetti million toʻqqiz yuz yetmish ikki) ming soʻm ajratiladi.
Namangan shahar hokimligi mablagʻlarni sarflash choralarini koʻradi. Foydalanilmay qolgan pullar jamgʻarmaga qaytariladi.
Farmoyish ijrosini taʼminlash hokim oʻrinbosari Gʻ. Jamalov zimmasiga yuklangan.
Shavkat Abdurazzoqov avval Yangiqoʻrgʻon tumaniga ham pul ajratgandi.