Ulkan doʻppi kimoshdi savdosiga qoʻyildi
Undan tushgan mablagʻ oqqon kasaliga chalingan bolalarga sarflanadi.

Futbol gʻururining ramzi — ulkan doʻppi jahonning turli burchaklarida oʻzbek futbolchilariga hamrohlik qilgan, qanchadan-qancha gʻalaba va magʻlubiyatlarga guvoh boʻlgan.
Uning egasi — andijonlik mashhur futbol muxlisi, Andijon fan-klubi faoli Nodirbek Toʻychiyev uni “Sen kuchlisan” xayriya jamoasiga tuhfa etdi.
Endilikda u onlayn kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Undan tushgan mablagʻ oqqon kasaliga chalingan bolalarga sarflanadi.
Auksionda ishtirok etmasangiz, bemor bolajonlar uchun ehson qilishingiz mumkin. Tushumlar haqida maʼlumot yoritib boriladi.