Fransiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
Prezident Emmanuel Makron shunday tashabbus bilan chiqdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi darajasida amalga oshirilmasa, “yaqin oylarda” Fransiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashini aytdi, deb xabar berdi Politico.
"Biz kuta olmaymiz", dedi janob Makron "France 2" telekanalida Haute-Marnedagi qotillikdan soʻng.
U yerda 14 yoshli oʻsmir ryukzakni tekshirish paytida 31 yoshli oʻqituvchini pichoqlab oʻldirgan.
Fransiya prezidenti, shuningdek, tez orada pichoq sotiladigan internet saytlarida yoshni tekshirish joriy etilishini maʼlum qildi.
"15 yoshli bola endi internet orqali pichoq sotib ololmaydi. Bu degani biz keng koʻlamli moliyaviy sanksiyalar va taqiqlarni joriy qilamiz", - deb vaʼda berdi u.
Keyinchalik, X ijtimoiy tarmogʻida Emmanuel Makron shunday deb yozdi: "Men 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlayman. Platformalarda yoshni tekshirish imkoniyatlari mavjud. Keling, buni qilaylik."
Avvalroq uch mamlakat: Fransiya, Ispaniya va Gretsiyaning raqamli siyosat vazirlari qonun loyihasini ishlab chiqishgan edi. Unga koʻra, 15 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilar uchun resurslarga kirishni yopish taklif qilinmoqda.Emmanuel Makron ushbu mavzuga izoh berar ekan, ijtimoiy tarmoqlar bolalarda ruhiy buzilishlarni keltirib chiqarishi va bu “isbotlangani”ni aytdi.