Dollar kursi 12 646 soʻmgacha pasaydi
AQSh valyutasi soʻnggi marta 4 iyun kuni soʻmga nisbatan oshgan.

Oʻzbekistonda dollar kursining pasayish tendensiyasi davom etmoqda.
Markaziy bank 2025 yil 12 iyundan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 27,81 soʻmga tushib, 12 646,56 soʻm etib belgilandi.
Yevro kursi 8,99 soʻmga tushdi va 14 461,34 soʻm boʻldi. Funt-sterling 17 070,33 soʻm (-29,93).
Rossiya rubli 160,88 soʻm etib belgilandi (-0,35).
Dollar oxirgi marta 4 iyun kuni oshgan. Oʻsha kuni uning qiymati 12 857,35 soʻmni tashkil qilgan.
Dollar kursi may oyida ham pasaygan, orada esa biroz koʻtarilish kuzatilgandi.