"Oʻzavto Motors" kuzatuv kengashi yangilandi
"Oʻzavtosanoat" rahbariyati kengash aʼzoligidan muddatidan oldin chiqarildi.

"Oʻzavto Motors" kuzatuv kengashi tarkibidan joy olgan "Oʻzavtosanoat" rahbariyatining vakolati muddatidan oldin tugatildi.
Kengash tarkibidan chiqqanlar:
- Ulugʻbek Rozukulov – “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi;
- Bahodirjon Rahmonov – “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari;
- Diyor Muxamedov – “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari;
- Davron Hidoyatov – “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari;
- Farxod Toʻrayev – “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari;
- Aleksandr Saxapov – “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari;
- Yanosh Kovach – mustaqil aʼzo.
Ularning oʻrniga quyidagilar kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlib saylandi:
- Olimjon Toʻychiyev – Turin politexnika universiteti rektori;
- Saidazim Gulyamov – UzAuto Motors Powertrain AJ boshqaruvchi direktori;
- Baxrom Axunov – UzAuto PV MChJ bosh direktori;
- Ilxomjon Tagayev – UzAuto PV MChJ xodimi;
- Nozimjon Nabiyev – UzAuto PV MChJ hisobchisi;
- Qudratjon Boymirzayev – UzAutoComponents MChJ boshqarma boshligʻi;
- Robert Valter Gist – mustaqil aʼzo;
- Shariq Vali Xon – mustaqil aʼzo;
- Andrzey Korpak – mustaqil aʼzo.