platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada yogʻ-moy ishlab chiqaruvchi korxonalarga chora koʻrildi

Birja savdolarida paxta shroti hamda paxta sheluxa mahsulotlarining boshlangʻich narxlarida keskin oʻsish aniqlangan. 

Fargʻonada yogʻ-moy ishlab chiqaruvchi korxonalarga chora koʻrildi

Fargʻonada raqobat qoidalarini buzgan ikki yogʻ-moy korxonasiga chora koʻrildi.

Raqobat qoʻmitasi Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻrganish va tahlillar olib borilgan. Unda 2025 yil mart oyida birja savdolarida paxta shroti hamda paxta sheluxa mahsulotlarining boshlangʻich narxlarida keskin oʻsish holatlari mavjudligi aniqlandi.

Hududiy boshqarma tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 256-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida raqobatlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar bilan bir vaqtda yoki ketma-ketlikda birja savdolarida paxta shroti hamda paxta sheluxasi mahsulotlari narxini sunʼiy tarzda oshirish orqali raqobatga qarshi kelishuvlar yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarda ishtirok etganlik alomatlari boʻyicha 2 ta yogʻ-moy ishlab chiqaruvchi korxonalar - “Muslim oil” MChJ va “Qo‘qon oziq-ovqat invest” MChJlarda tegishli tartibda oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Olib borilgan oʻrganishlar davomida birja savdolarida “Qo‘qon oziq-ovqat invest” MChJ tomonidan joriy yil 13 mart kuni paxta shroti, 14 mart kuni paxta sheluxasi, “Muslim oil” MChJ tomonidan 14 mart kuni paxta shroti hamda paxta sheluxasi mahsulotlari boshlangʻich narxlarida oʻsish kuzatilganligi hamda jamiyatlar tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etilishi alomatlari mavjudligi aniqlandi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan 2 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan birja savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga qaratilgan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi talablari buzilish alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid